"Osh tanlovi" g'oliblari aniqlandi

    O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik bayramining 31 yilligi arafasida "Birinchi rezinotexnika zavodi" MChJda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda "Osh tanlovi" o'tkazildi.

    Korxonaning barcha bo'lim va ishlab chiqarish sexlari xodimlaridan tarkib topgan jamoalar osh pishirish bo'yicha oshpazlik mahoratlarini namoyish etishdi.

    Hakamlar hay'atining yakuniy xulosasiga ko'ra, 1-o'rinni Energo ta'minoti va kommunal xo'jalik bo'limi jamoasi, 2-o'rinni Sifat nazorati bo'limi, 3-o'rinni esa Texnik xizmat ko'rsatish bo'limi jamoalari egallashdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech