Oliy ta’lim muassasa talabalari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi

Joriy yilning 20-iyun kuni “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ XKda korxona Kasaba uyushma qo‘mitasi hamkorligida korxonada reja asosida korxona va taʼlim muassasalari o‘rtasidagi kelishuvga asosan, “Ochiq eshiklar kuni”ni o‘tkazish, mehnat faoliyatiga tayyorlash hamda yoshlarni ishlab chiqarish sharoitlari bilan tanishtirish maqsadida Termiz Muhandislik-texnologiya instituti "Kimyoviy texnologiya" va "Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish" ta'lim yo'nalishi talabalari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.

Dastlab talabalar korxona muzeyida bo‘lib, korxona tarixi, faoliyati va xavfsizlik qoidalari, ichki tartib-qoidalar bilan korxona mehnat muhofazasi sanoat xavfsizligi yetakchi muhandisi Mo'minov Otabek tomonidan tanishtirildi.

Shundan so‘ng, talabalar korxonaning ishlab chiqarish sexlari tomon maxsus biriktirilgan  Sertifikatsiya va me’yorlashtirish bo’yicha mutaxassisi Asliddin Mirzaboyev tomonidan olib borildi. Bunda mutaxassis tomonidan talabalar korxonada ishlab chiqarish jarayoni, mahsulotni ishlab chiqarish pog‘onalari hamda sharoitlari, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turlari bilan batafsil tanishtirildilar.

“Ochiq eshiklar kuni”da oliy ta’lim muassasasi talabalari korxona faoliyati bilan yaqindan tanishib, ijobiy taassurotlar bilan qaytishdi.

Bo'sh ish o'rinlari
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech