Nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi
2024-yil 25-aprel kuni Chirchiq shahridagi “Maxam-Chirchiq” AJ madaniyat saroyida Toshkent viloyatidagi tarmoq kasaba uyushma tashkilotlari tizimida “Mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish yuzasidan respublika ko‘rik-tanlovi”ning viloyat bosqichi yakunlari bo‘yicha nominatsiya g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining 2017-yil 20-noyabrdagi “Mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish yuzasidan respublika ko‘rik-tanlovini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 8-108 “s”-sonli, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyat kengashi Ijroiya qo‘mitasining 2024-yil 19-yanvardagi “Mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish yuzasidan respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 10-14 “s”-sonli qarorlari, ko‘rik-tanlovning Toshkent viloyat bosqichi yakunlari bo‘yicha komissiyasining 2024-yil 16-apreldagi yig‘ilishi bayonining qaroriga asosan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyat kengashi Ijroiya qo‘mitasi tashabbusi bilan tashkil qilindi.
Tanlov nizomiga muvofiq, uning viloyat (hududiy) bosqichiga tavsiya etilgan tashkilot va muassasalar faoliyati to‘g‘risidagi materiallarni o‘rganib chiqish bo‘yicha viloyat Kengashi komissiyasi tomonidan 2024-yil 16-aprel kuni yig‘ilish o‘tkazilib, uning bayoni asosida bir qator nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi. Jumladan, “Eng yaxshi tashkilot”, “Eng yaxshi kasaba uyushma qo‘mitasi”, “Eng yaxshi mehnat muhofazasi bo‘yicha vakil”, “Eng yaxshi mehnat muhofazasi bo‘yicha yosh mutaxassis” nominatsiyalari bo‘yicha jami 54 nafar g‘oliblikka loyiq ko‘rildi.
“Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ XK mazkur ko’rik tanlovda 3-nominatsiya bo‘yicha ishtirok etib, “Eng yaxshi tashkilot” nominatsiyasi bo‘yicha (Mehnat muhofazasi, sanoat xavfsizligi va atrof-muhit muhofazasi guruhi rahbari – Madaripov Ulug‘bek Abdimamjanovich) 1-orinni, “Eng yaxshi kasaba uyushma qo‘mitasi” nominatsiyasi bo‘yicha (Kasaba uyushma raisi – Alimov Diyor Abdimalikovich) 2-o’rinni va “Eng yaxshi mehnat muhofazasi bo‘yicha yosh mutaxassis” nominatsiya bo‘yicha (Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi yetakchi muhandisi - Mo‘minov Otabek Shuxratovich) 3-o‘rinni egalladi.
G‘oliblar Kasaba uyushmalari viloyat Kengashi komissiyasi tomonidan diplom va esdalik sovg’alar bilan taqdirlandilar.