YILNING ENG FAOL YOSH KIMYOGARI ANIQLANDI

“Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJ XKda  yoshlarning yetuk mutaxassis bo‘lib kamol topishiga bo‘lgan intilishini qo‘llab-quvvatlash, o‘z tanlagan kasbiga nisbatan hurmat va faxr tuyg‘usini shakllantirish, iqtidorli mutaxassislarning kasbiy bilim darajasini aniqlash, ular orasida sog‘lom raqobat muhitini vujudga keltirish va ularning innovatsion g‘oya, loyiha va texnologiyalarini hayotga tatbiq etish orqali yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida "Yilning eng faol yosh kimyogari" ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Innovatsion va ratsionalizatorlik takliflarini kashf etish maqsadini ko‘zlovchi tanlovning joriy yilgisida ishtirok etish uchun korxonaning 7 nafar  xodimlari ishitirok etdi.

        Kasaba uyushma qo‘mitasi, Texnologiyalar, Innovatsiya va mahalliylashtirish, Ishlab chiqarishni bo‘lim rahbar va yetakchi mutaxassislari hakamligi ostida oʻtgan tanlovda yosh mutaxassislarning ishlab chiqarishga joriy etilgan yangi loyihalari, ularning ishlab chiqarish hajmi va unumdorligini oshirishdagi ahamiyati hissasi asosiy mezonlardan bo‘ldi.

        Hakamlar hay’ati qaroriga muvofiq, Innovatsion texnologiyalarni joriy etish va xom-ashyo materiallarni mahalliylashtirish bo’limi boshlig’i Bozorov Axror Turayevich“Yilning eng faol yosh kimyogari” deb topilib Respublika bosqichiga yo‘lanmani qo‘lga kiritdi. Tanlovning 2-o‘rniga Sifat nazorati bo’limi nazoratchisi Ergasheva Xolbu Nurmamatovna, 3-o‘rniga esa FMS va KT laboratoriyasi laboranti Eraliyeva Gulshana Musajon qizi loyiq ko‘rildi.

        Gʻolib va sovrindorlar orasida ayol xodimalarimiz borligi barchani e’tirofiga sazovor bo’ldi.Bu korxonamizda xotin-qizlarimizni ilm olish va ilmiy izlanishlar olib borayotganidan dalolatdir.

       Gʻolib va sovrindorlar  korxona va kasaba uyushma qo‘mitasining diplom va qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

Bo'sh ish o'rinlari
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech