"BRZ" MCHJ sanoat ko'rgazmasida

Joriy yilning 14 dekabr kuni “O‘zekspomarkaz” milliy majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Toshkent shahar hokimligi va Elektron kooperatsiya portali markazi hamkorligida tashkil etilgan Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi boshlandi.

Sanoat yarmarkasining ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov tabrik so‘zi bilan chiqdi.

Yarmarkadan ko‘zlangan asosiy maqsad mamlakatimizning kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari bilan yirik sanoat va hududiy korxonalari o‘rtasida tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini yanada kengaytirishdan iborat edi.

Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasida jami 3150 dan ortiq mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirok etdi.

“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati qo‘shma stendida “Birinchi Rezinotexnika Zavodi” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan barcha zarur xalqaro me’yorlar va standartlarga javob beradigan mahsulotlar namoyish etildi. Bu yil o‘zlashtirilgan shinalar yarmarka ishtirokchilari va tashrif buyuruvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Zavod mutaxassislari yangi standart o'lchamdagi avtomobil shinalari xususiyatlari bilan tanishtirdi, stend tashrif buyuruvchilarga boshqa turdagi mahsulotlar haqida so'zlab berdi.

Bo'sh ish o'rinlari
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech