Oktabr oyida yangi mahsulotlar oʻzlashtiriladi

Oktabr oyi yakuniga qadar oʻzlashtirilishi kutilayotgan 195/50R15 (Vegas) oʻlchamdagi avtomobil shinasi (Nexia 2,3 / Centra / Lada Granta / Lada Priora / Cobalt) kabi avtomobil uchun moʻljallangan boʻlib, yozgi avtomobil shinalari Contyre Vegas — bu mahalliy ishlab chiqaruvchining soʻnggi ishlanmalaridan biri. Ushbu model birinchi navbatda ixcham yengil avtomobillar uchun moʻljallangan. 

U uchta funksional qismdan tashkil topgan boʻlib, hajmi va tuzilishi jihatidan sezilarli farqlarga ega. Assimetrik protektor namunasi yomgʻirli ob-havo sharoitida ham haydashda mukammal tutilishni taʼminlaydi. Kuchaytirilgan protektorli yelka dizayni juda yuqori tezlikda ham mukammal burilish barqarorligini taʼminlaydi.

Yana bir oʻzlashtirilishi kutilayotgan 205/70R15 (Cross road) oʻlchamdagi avtomobil shinasi (Fiat Palio Adventure Chevrolet Niva / Lada 4x4 Urban) kabi avtomobillar uchun moʻljallangan. Shina shahar SUV avtomobillari uchun maxsus ishlab chiqilgan. Shinalar quyidagi ishlash xususiyatlariga ega:

- Past shovqin effekti, yuqori qulaylik, turli yoʻl sirtlarida mukammal tutish;

-Yuqori tezlikda harakatlanayotganda protektor bloklari deyarli deformatsiyalanmaydi. Bu esa boshqarishga ijobiy taʼsir qiladi. Maxsus ishlab chiqilgan protektor, muddatidan ortiq foydalanilganda ham, oʻzining ajoyib tortish xususiyatlarini saqlab qoladi.

-Yelka zonasida joylashgan bloklar shinani tashqi shikastlanishdan mukammal himoya qiladi.

Agar sizda mahsulotlarimizga nisbatan qiziqish uygʻongan boʻlsa, +998(78) 150-32-22 telefon raqami orqali biz bilan bogʻlanishingiz mumkin. Barcha savollaringizga batafsil javob olasiz. Eng muhimi, avtomobilingiz uchun ishonchli, hamyonbop va sifatli mahsulotni sotib olishingizni kafolatlaymiz!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech