“Yetti xazinani biri”
Xalqimizda – “Ipak qurti qizlarning sepi” iborasi mavjud. Bugungi kunda mamlakatimizda oilaviy daromad manbalaridan biri hisoblangan Tut ipak qurti parvarishi qizg‘in pallaga kirgan. “Birinchi rezinotexnika zavodi”MChJ XK Kasaba uyushma qo‘mitasi va Xotin-qizlar raisi hamkorligida ipakchilik bilan shug‘ullanayotgan oilalar o‘rganildi.
Shunday oilalardan biri “Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJ XK dagi Karimovlar oilasidir. Oilaning ikki a’zosi Karimov Anvar Abdusattorovich va Karimova Saodat Tojiddinovnalar korxona tashkil qilingandan buyon korxonada faoliyat olib borishadi.
“-Oilamizda o‘g‘lim va kelinimning 4 nafar farzandi bor ularni tarbiyalab, o‘qitib, yurtimiz ravnaqiga xissa qo‘shadigan insonlar qilib tarbiyalashimiz lozim. Bu yo‘lda biz ham foydamiz tegsa xursandmiz”, deydi oilani nuroniy mexribon buvijonisi Noroyim ona.
Korxonamiz xodimlari orasida bunday namunali oilalar soni yanada ko‘payishi tarafdorimiz.