Ochiqlik va shaffoflikni ta'minlash komplayens xizmati nazoratida
"Birinchi rezinotexnika zavodi" MChJda ham korrupsiyaga qarshi kurashish borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Korxonaning komplayens xizmati bu borada xalqaro tajribalarga asoslanib, korrupsiyaviy havfi yuqori bo'lgan yo'nalishlaridan ishga olish jarayonlarini nazoratini kuchaytirgan.
Jumladan, ishga olish jarayonlarida inson omilini kamaytirish va ochiqlikni ta'minlash maqsadida hujjatlar belgilangan talablarga muvofiq elektron tarzda, ya'ni korxona elektron pochta manzili info@brz.uz orqali qabul qilish belgilandi. Elektron pochta manziliga kelib tushgan murojaatlar komplayens xizmati tomonidan muntazam monitoring qilib borilmoqda. Shuningdek, korxona rasmiy veb sayti www.brz.uzda bo'sh ish o'rinlari to'g'risida ma'lumot o'z vaqtida yangilab turilmoqda. Bu jarayonlarni nazorat qilish ham korrupsiyaga qarshi kurashishga mas'ul bo'lgan komplayens xizmati tomonidan amalga oshirilmoqda.