«Birinchi rezinotexnika zavodi»MChJ jamoasining yangi rekordi

"Birinchi rezinotexnika zavodi" MChJda yangi rekord o'rnatildi. 1 iyun holatida sotuv bo‘limi, tayyor mahsulotlar ombori va qo’shimcha jalb qilingan tsex ishchilari, qo'riqlash  xizmati, shuningdek tegishli korxonamiz xodimlarining birgalikdagi sa'y - harakatlari bilan korxonamiz tarixida birinchi marta bir kunda mijozlarga rekord miqdordagi - 12 395 ta avtomobil shinalari jo'natildi, shu jumladan 3 100 ta shina eksportga shinalari jo'natildi. Bu ko'rsatkichlar ilgari erishilgan eng yaxshi natijalardan  8,34% ga yuqori bo'ldi.

Shuningdek, yoz boshida “Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJ ishlab chiqaruvchilari 5137 dona avtomobil shinalari ishlab chiqarish bo‘yicha o‘z rekordlarini yangiladi (31 may holatiga ko‘ra).

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech