Normativ-huquqiy hujjatlar xususida ma’lumot berildi
"Farg‘onaazot" AJda davom etayotgan seminar-treningda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish departamenti mas’ul xodimi Zafar Ro‘ziyevning davlat tiliga oid qabul qilingan qonunchilik hujjatlari xususida ma’ruzasi tinglandi.
Shuningdek, seminar davomida 2019-2021 yillarda davlat tilini rivojlantirish sohasida qabul qilingan qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati, Vazirlar Mahkamasining "Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori haqida batafsil tushuntirish berib o‘tildi.