"Birinchi rezinotexnika zavodi" MCHJ XKda "Keksalar haftaligi"

Joriy yilning 10-oktabr kuni “Birinchi rezinotexnika zavodi”MChJ XKda kasaba uyushmasi qo'mitasi bilan hamkorlikda “Keksalarga hurmat - yoshlarga ibrat” g‘oyasi ostida o‘tkazilayotgan “Keksalar haftaligi” munosabati bilan “Kasbim – faxrim” mavzusida mehnat faxriylari ishtirokida yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi.

Davra suhbatidan so‘ng korxona fahriylari ishtirokida sportning shaxmat va shashka musobaqalari tashkil etildi.Musobaqa qizg'in muzokaralarga boy boldi.

 Erkaklar o'rtasidagi Shaxmat musobaqasi natijasiga ko‘ra:
1-o‘rinni Fayzullaev Baxodir Amonovich, mexanik ta’mirlash guruh raxbari
2-o‘rinni Nurmuhamedov Murodjon Shakirovich, Materiallar Laboratoriyasi guruhining namuna tayyorlovchisi
3-o‘rinni Po‘latov Abdujappor Abduqahhorovich, Kanalizatsiya nasosi va nasos stansiyasi guruhi boshlig‘i egalladilar.

Ayollar o'rtasidagi Shashka musobaqasi natijasiga ko'ra:
1-o‘rinni Inamova Zilоlаxon Kadirovna, “Tekstil BRZ” tikuvchilik sexi ustasi
2-o‘rinni Muxtorova BaxtinsoZaydullayevna Rezinoqorishmalari sexi kimyoviy moddalar tortuvchisi
3-o‘rinni Raxmonova Majuda Achilovna Sifat va texnologiyalari bo‘limi sifat muxandisi egalladilar.

"Bizlarga berilayotgan bunday e’tibordan har birimiz minnatdormiz va o‘sib kelayotgan yosh avlodga, o‘z hayotiy va ish tajribamiz bilan bo‘lishish uchun hamisha tayyormiz" - Baxodir Fayzullaev, mexanik ta’mirlash guruh rahbari

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech