"Birinchi rezinotexnika zavodi"da Navruzi olam – bahor va birdamlik bayrami!

20 mart kuni "Birinchi rezinotexnika zavodi"da "Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!" shiori ostida Navro‘z milliy bayrami o‘tkazildi. Bayram kasaba uyushmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan bo‘lib, bayram munosabati bilan bir necha tanlovlar o‘tkazildi.

Jumladan, o‘zbek milliy taomlaridan biri bo‘lgan "Osh tanlovi", "Ko'klam dasturxoni", "Yashil makon", "Devoriy gazeta" tanlovlari. Ushbu tanlovlarda barcha sex va bo‘limlardan ishchi-xodimlar jamoa bo‘lib faol ishtirok etdi va g‘oliblar maxsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

O‘zbek milliy taomlaridan biri bo‘lgan mazali osh tayyorlash san’atini yuqori darajada namoyish eta olgan "Osh tanlovi" g‘oliblikni:

1-o‘rinni – Konveyer tasmalari ishlab chiqarish sexi
2-o‘rinni – Ta’minotni boshqarish bo‘limi
3-o‘rinni – Bosh energetik bo‘limi jamoasi qo'lga kiritdilar.

G‘oliblarimizni yutuqlari bilan tabriklaymiz!

Bo'sh ish o'rinlari
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech