Navbatdagi targʻibot tadbiri Avtomobil shinalari ishlab chiqarish sexida oʻtkazildi
“Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJda topshiriq jadvaliga muvofiq, korxona ishchi-xodimlarining huquqiy madaniyatini oshirish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatini shakllantirish, mehnat sharoitlarini va haq toʻlanishini yaxshilash, noxush holatlarning oldini olish hamda ichki intizom, oshxonada tayyorlanayotgan taomlarning sifati, transport xizmati va tibbiyot punkti ish faoliyatidagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida muntazam ravishda targʻibot tadbirlari tashkil etilmoqda. Navbatdagi targʻibot tadbiri Avtomobil shinalari ishlab chiqarish sexida oʻtkazildi.
Targʻibot tadbirida sex ishchi-xodimlariga korxonada qabul qilingan ichki mehnat tartib-qoidalarining buzilishi, odob-axloq meʼyorlariga zid holatlarning oldini olish, ichki tartib-intizomga rioya etilishini taʼminlash, korrupsiya holatlari hamda boshqa qonunga zid harakatlar haqida tushuntirishlar berildi.
Qonun buzilish holatlari roʻy berganda masʼul boʻlim va xodimlarga murojaat qilish yuzasidan huquqiy tavsiya va tushuntirishlar berib oʻtildi. Sex ishchi-xodimlarining qiziqtirgan savollariga atroflicha javob qaytarildi.