Kompaniya haqida

“Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ yillik 100 ming pogon metr konveyer lentalari, 200 ming dona qishloq xoʻjaligi shinalari va 3 million dona avtomobil shinalari ishlab chiqarish quvvatiga ega.

“Angren” EIZ hududida konveyer lentalari, qishloq xoʻjaligi va avtomobil shinalari ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi 2269-sonli “Angren” erkin iqtisodiy zonasi hududida Rezinotexnika buyumlari zavodi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori asosida tashkil etildi. Korxona 2018-yil avgust oyida foydalanishga topshirildi. Loyihaning texnologik qismini amalga oshirish va foydalanishga tayyor holda topshirish "PolyTechnologies Inc." (XXR) kompaniyasi tomonidan amalga oshirildi.

 

Batafsil
2024-yil - «Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili»
2022-2026 Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi

Hamkorlarimiz

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech