Milliy qadriyatlar – millat iftixori

“Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ XKda “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun! ” shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yillik bayrami munosabati bilan korxona ishchi-xodimlari o‘rtasida  “Osh tanlovi” o’tkazildi.

       Joriy yilning 28-avgust kuni Kasaba uyushma qo‘mitasi va  jamoat tashkilotlari   hamkorlikda navbatdagi o’zida milliy qadriyatlarimizni aks ettirgan “Osh tanlovi”  korxonamizda ko’tarinki kayfiyatda o‘tkazildi. Unda korxonamizning barcha bo’lim va sexlari ishtirok etdi. Ishtirokchilar bir xil masalliqlardan biri biriga o’xshamaydigan mazali palovlar tayyorlashdi, ularning ishlarini esa Komissiya a’zolari munosib baxolab borishdi.

         Tanlov natijalariga ko’ra,

       Ishlab chiqarish texnik bo‘limi 1-o’rin

       Konveyеr tasmalar ishlab chiqarish sexi    2-o’rin

       Avtomobil Shinalarni ishlab chiqarish  sexi  3-o’rinni qo’lga kiritdilar.

         G‘olib jamoalar Mustaqillik kuni bayrami arafasida o’tkaziladigan tantanali  tadbirida taqdirlanadilar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech