Korxonada xotin-qizlar oʻrtasida “Zakovat” intellektual turniri oʻtkazildi

Prezidentimizning 2022-yil 22-yanvarda “Zakovat” intellektual oʻyinini aholi oʻrtasida ommaviy-maʼrifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual oʻyinlarin rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida“gi qarori  qabul qilingan edi. Qaror ijrosini taʼminlash, shuningdek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarda xodimlarning faol ishtirokini taʼminlash, yuksak maʼnaviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta oʻzlashtirgan, kuchli bilimga ega boʻlgan xodimlarni qoʻllab-quvvatlash va ularga oʻz iqtidorlarini namoyish etish uchun imkoniyat yaratish hamda 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan korxonada faoliyat olib borayotgan  xotin-qizlarni ragʻbatlantirish maqsadida “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ XKda ayollar oʻrtasida Jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda “Zakovat” intellektual turniri tashkil etildi.

Unda korxonamizning sex va boʻlimlaridan eng bilimdon xotin-qizlaridan tarkib topgan toʻrt jamoa oʻzaro bellashishdi.

Bilimlar bellashuvida barcha jamoa aʼzolari bor bilim, tafakkurlarini ishga solishdi. Qizgʻin bahs-munozara, savol-javoblar ruhida oʻtgan intellektual bahsda kuchlilar oʻz soʻzini aytishdi.

Yakuniy hisob-kitobga koʻra, “Nastarin” terma jamoasi aʼzolari eng koʻp javoblarni taqdim etgan jamoa sifatida 1-oʻrinni egallashdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech