Korxonada muhim uchrashuv tashkil etildi
Joriy yilning 24 sentabr kuni “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ XKda Bosh direktorning xodimlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari F.Lutfullayev hamda Ichki kommunikatsiya, ma’naviy-ma’rifiy va yoshlar ishlari bo‘yicha guruh rahbari B.Mamatovlar ishtirokida korxonaga tashrif buyurgan Toshkent kimyo-texnologiya institutining “Yuqori molekulali birikmalar va plastmassalar texnologiyasi” kafedrasi dotsenti, texnika fanlari nomzodi D.Yuldashov bilan muhim uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad, O‘zbekiston Respublikasi Prezident administratsiyasi va Toshkent kimyo-texnologiya instituti tomonidan ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi” ning tegishli bandi ijrosini ta’minlash bo‘lib, bunda kafedraning joriy yildagi Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamda Toshkent tekstil va yengil sanoat instituti xamkorlikda olib borayotgan, innovatsion ishlanmalari samarali g‘ovakli rezina tekstil materiallar hamda rezina sanoati ikkilamchi resurslaridan regeneratlar olish, ulardan sanoat sohalariga rezina texnik buyum sifatida qo‘llash borasida fikr almashildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida kafedra va korxona o‘rtasida malakali kadrlar tayyorlashning istiqbolli rejalari muhokama qilindi.