“Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJda ijodiy tanlovlar tashkil etildi
Kasb bayrami – Kimyo sanoati xodimlari kuni munosabati bilan “Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJda nafaqat sport musobaqalari, balki ijodiy tanlovlar ham tashkil etildi: “Yashil Makon” loyihasi bo‘yicha eng yaxshi maydon, “O'z kasbining ustasi” kasb mahorati tanlovi, havaskor oshpazlar o'zlarining barcha pazandalik iste'dodlarini namoyish etib, zavod ishchilarini har xil palov turlari bilan to'ydirgan oshpazlar tanlovi.
Ko‘rik-tanlov xalqimizning xalqimizning eng sevimli taomlaridan bahramand bo'lish, osh tayyorlashning o‘ziga xos sirlarini ochish va o'zbek an'analarini qayta tiklash maqsadida o'tkazildi
Oshpaz ustalari orasida 101-sex (rezina qorishmalari ishlab chiqarish) ekstruder mashinisti Sherali Toshboyev eng zo‘r oshpaz bo‘ldi. Uning palovi hakamlar hay'ati va tatib ko'ruvchilar tomonidan eng mazali va xushta'm deb topildi.