"Birinchi rezinotexnika zavodi”da eng ulug’, eng aziz bayram – Mustaqillik bayrami nishonlandi
“Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ Xkda “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun! ” shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yillik bayrami keng nishonlandi.Istiqlol el-yurtimiz uchun o’z taqdirining haqiqiy egasi bo’lish, qadr-qimmatini anglab, munosib hayot kechirish, yurtimizda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish imkoniyatini yaratdi.
Bayram tadbirida xorijlik xamkorlarimiz Rossiyaning “IKON TIRES” kompaniyasi boshqaruv xodimlari ham ishtirok etishdi.
Bayram tantanasini korxonaning bosh direktori G’ulomjon Ibragimov ochib berdi: O‘tgan tarixan qisqa vaqt davomida elimizning fidokorona mehnati va qat’iyati bilan milliy o‘zligimiz, qadimiy tariximiz, boy madaniyatimiz, ezgu qadriyat va an’analarimiz qayta tiklandi, davlat va jamiyat hayotining tub asoslari o‘zgarib, mamlakatimiz dunyo hamjamiyatida o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘ldi.
Mamlakatimiz siyosiy hayotidagi muhim voqealar, xususan, yangilangan Konstitutsiyamizning qabul qilinishi el-yurtimiz Yangi O‘zbekistonni, Uchinchi Renessans poydevorini yaratishga qaratilgan islohotlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlab kelayotganini yana bir bor yaqqol tasdiqladi.
Tadbirning asosiy qismida, barcha o’tkazilgan tanlov va sport musobaqalarining g’oliblari va nominatsiyalar bo’yicha aniqlangan korxonaning eng fidoyi, mehnatkash ishchi-xodimlariga diplom, faxriy yorliqlar hamda qimmatbaho estalik sovg’alari topshirildi.
Bayram tantanasi to’kin dasturxon atrofidagi dilkash suhbatlar va kuy-qo’shiqlarga ulanib ketdi.