Endi “Damas” avtomobiliga O‘zbekistonning “Bars” shinalari o‘rnatiladi

“Birinchi Rezinotexnika Zavodi” konveyeridan chiqqan O‘zbekistonning “Bars” shinalari “General Motors” (AQSh) talablariga muvofiqligini tasdiqlash uchun AQSh, Xitoy, Janubiy Koreya poligonlarida sinovlardan o‘tdi.

“Birinchi Rezinotexnika Zavodi” (Angren sh.) zavodining shinalari “UzAuto Motors” zavodi birlamchi komplektatsiyasiga yetkazib berish uchun tasdiqdan o‘tdi. “Bars UZ600” modelidagi shinalar O‘zbekistonning Xorazm viloyati Pitnak shahrida ishlab chiqarilayotgan “Chevrolet Damas”ga o‘rnatiladi.

“Birinchi Rezinotexnika Zavodi” Bosh direktori G‘ulomjon Inomovich Ibrohimov: “Bizning shina zavodimiz uchun “UzAuto Motors” birlamchi komplektatsiyasiga shinalar yetkazib berish – bu nafaqat mahsulotimiz, balki ishlab chiqarish jarayonlarimiz sifatining ham e'tirofidir. Angrendagi shina zavodi “General Motors” (AQSh) standartlari amal qiladigan zavodning omologatsiyalangan yetkazib beruvchisi bo‘lish uchun zaruriy barcha audit jarayonlaridan to‘liq o‘tdi”.

“General Motors” talablariga muvofiq, omologatsiya olish doirasida “Bars” shinalari turli bosqichlarda laboratoriya testlaridan, shuningdek AQSh, Xitoy, Janubiy Koreya poligonlarida yo‘l sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tdi. “Chevrolet Damas” avtomobillariga yetkazib berish uchun “Bars UZ600” modeli tanlandi – bu mikroavtobuslar va yengil yuk transporti uchun maxsus ishlab chiqilgan shinalardir. Shinaning alohida chidamli konstruksiyasi va protektordagi asimmetrik chiziqlar avtomobilning konstruksiyasi uchun optimal bo‘lib, yuqori yuk ko‘tarish qobiliyatini va boshqaruvning barqarorligini kafolatlaydi. Manyovrlardagi barqarorlik kontakt dog‘i maydonining kengayganligi va shina yelka hududlarining maxsus qurilmasi hisobiga ta'minlanadi.

Bugungi kunda “Birinchi Rezinotexnika Zavodi” “200 foizli” sifat nazoratiga ega shinalar chiqaradi. Har bir shina majburiy vizual va avtomatik nazoratdan o‘tadi. Sifat nazoratidan o‘tmagan mahsulot yoni kesilib, utilizatsiyaga yuboriladi, bu uning sotuvga chiqishining oldini oladi.

2021-yil avgustda “Birinchi Rezinotehnika Zavodi” IATF 16949:2016 avtomobilsozlik sanoatida menejment tizimi xalqaro tarmoq standartiga muvofiqlik sertifikatiga va ISO 9001:2015 sertifikatiga ega bo‘lgandi.

Ma'lumot uchun

“Birinchi Rezinotexnika Zavodi” MChJ – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “«Angren» erkin iqtisodiy zonasi hududida rezinotexnika buyumlari zavodi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq O‘zbekistonda tashkil etilgan birinchi shina zavodidir.

200 mln AQSh dollariga teng zavod qurilishi 2018-yilda yakunlangan. Uning quvvati yiliga 3 mln avtomobil shinasi, 200 ming qishloq xo‘jaligi shinasi va 100 ming pogonometr konveyer tasmasini tashkil qiladi.

Angren shahridagi shina zavodi yevropa va osiyolik ishlab chiqaruvchilardan zamonaviy jihozlardan foydalanadi, zavodda to‘liq sikl – rezina qorishmalar ishlab chiqarishdan to shinalar vuklanizatsiyasi va sifat nazoratigacha yo‘lga qo‘yilgan.


Aydar Xuziaxmetov

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'yicha mutaxassis

Mob.: +998 (90) 990 85 45

E-mail: a.xuziahmetov@brz.uz

Bo'sh ish o'rinlari
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech