"O‘zbek tilim iftixorim"
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi "O'zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora tadbirlari to'g'risida"gi PF-5850-son Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida “Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJ XKda Kasaba uyushma qo‘mitasi va jamoat tashkilotlari hamkorligida 13-oktyabr kuni korxonada faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlar o'rtasida “To‘g‘ri va chiroyli yoz” diktantlar tanlovi o‘tkazildi. Tanlovda seh va bo‘limlardan 8 nafar ishchi xodim qatnashdi.
Tanlov yakuniga ko'ra:
1 - o'rin Oltinova Maftuna Abduxakim qizi “FMS va KT” laboranti
2 - o'rin Matkasimova Dildora Radjapovna “RO va IINQ” bo‘lim boshlig‘i
3- o'rin Abdullayev Zohidjon Baxrom o‘g‘li Qishloq xo‘jalik shinalari ishlab chiqarish sehi shina yig‘uvchisi egalladilar.