“Xalqaro yoshlar kuni” “BRZ”da!

2024-yil 12-avgust kuni “Xalqaro yoshlar kuni” munosabati bilan “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ XKda Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi D.Alimov Yosh xodimlarning tashabbus va qiziqishlarini yaqindan o‘rganish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, kasaba uyushmalari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud imkoniyat va imtiyozlar bo‘yicha ma’lumot berish maqsadida yoshlar ishtirokida “Yoshlar kasaba uyushmalari e’tiborida” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Suhbat davomida faol va tashabbuskor, boshqalarga o‘rnak bo‘lib kelayotganlar korxona yosh xodimlari Bozorov Axror To'rayevich, Mirzabayev Asliddin Botir o'g'li, Ergasheva Xolbu Nurmamatovnalarga Faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Shu o‘rinda   Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi D.Alimov yosh mutaxassislar uchun jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish muhimligini ta’kidlab, bunday tadbirlar nafaqat jismoniy tayyorgarlikni yaxshilash, balki xodimlar o'rtasida jamoaviy rishtalarni mustahkamlashga ham yordam berishi mumkinligini ta’kidlab o‘tdi.

“Xalqaro yoshlar kuni” munosabati bilan mehnat faoliyatini yuritayotgan yosh xodimlar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi. Ushbu sport musobaqasi sportning stol tennisi, shaxmat va shashka turlari bo‘yicha bo‘lib o‘tdi. Musobaqada 20 dan ortiq yosh ishchi-xodimlar faol ishtirok etdi.

Shaxmat bo‘yicha erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada Sifat bo‘limi injeneri Bozaraliev Shoxjaxon Baxtiyorovich fahrli 1-o‘rinni, Elektron uskunalar muhandisi Abdug‘oforov Xakimjon Baxtiyor o‘g‘li 2-o‘rinni, Rezino qorishmalari sexi  kalandir mashinisti Tursunboev Iskandar Abdug‘ofor o‘g‘li 3-o‘rinni egalladilar va ayol ishchi-xodimlar o‘rtasida shashka turi bo‘yicha fahrli 1- o‘rinni  bosh energetik hizmati ustasi - Aminova Shodiyona Shuxratilla qizi, 2-o‘rinni Rezina qorishmalari sehidan - Yusupova Malika Shuxrat qizi hamda 3- o’rinni Rezino qorishmalari sexi xisob-kitob yurituvchisi  Xoln azarova  Soxiba Zoxid qizi kabilar egalladilar.

Shuningdek, sportning stol tennisi bo‘yicha erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada fahrli 1-o‘rinni Bosh mexanik bo‘limidan chilangar usta – Mamataliyev Sherzod Faxriddin o‘g‘li, 2-o‘rinni Sifat va texnologiya bo‘limidan muhandis texnolog – Erkinov Jamshid Ulug‘bek o‘g‘li hamda 101-sexdan rezino qorishmalari jo‘valovchisi Qo‘ldoshev Jamshid Muhiddin o‘g‘li kadilaar egalladilar.

Ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan stol tennisi musobaqasida esa fahrli 1-o‘rinni Yong‘in xavfsizligi bo‘limi navbatchi dispetcheri Mirsoatova - Dilxumor Ikromjon qizi, 2-o‘rinni Komponentlar sexi apeks operatori - Abdaliyeva Mushtariy Murodjon qizi hamda 3-o‘rinni Xo‘jalik bo‘limi ishlab chiqarish farroshi – Oqboyeva Mohigul Ikromjon qizi kabilar egalladilar.

Musobaqalar so‘ngida g‘oliblarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech