Korxona ishchi-xodimlari o‘rtasida futbol musobaqasi o‘tkazildi

“Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJ XKda “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yillik bayrami munosabati bilan ishchi-xodimlar o‘rtasida bir qator sport musobaqalari hamda tanlovlar o‘tkazilmoqda.

Joriy yilning 25-avgust kuni Kasaba uyushma qo’mitasi va jamoat tashkilotlari hamkorligida navbatdagi sport tanlovlaridan biri bo‘lgan mini futbol musobaqasi ko‘tarinki kayfiyatda tashkil etildi. Unda barcha ishlab chiqarish sehlari hamda bo‘limlardan 12 та jamoa ishtirok etdi.

Yashil maydonda to‘p surgan jamoalar a’zolari murosasiz baxslarga  kirishishdi.
 
Yakuniy natijalarga ko‘ra,  Avtomobil shinalari ishlab chiqarish sehi  jamoasi 1-o'rinMa’muriyat jamoasi 2-o'rin; Rezina qorishmalari tayyorlash va ishlab chiqarish sehi jamoasi 3-o‘rinni  egallashdi.

G‘olib jamoalar Mustaqillik kuni bayram tadbirida taqdirlanadilar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech