“Men ham yoshlarga kitob sovg’a qilaman” aksiyasi o’tkazildi!

2024-yil 12-avgust kuni “Xalqaro yoshlar kuni” munosabati bilan “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ XK rahbariyati hamda kasaba uyushma qo‘mitasi  bilan hamkorlikda korxonada faoliyat olib borayotgan eng faol yosh xodimlarni e’tirof etish uchun yoshlarning ma’naviy-intellektuval salohiyati, ong-u tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda, ularda ona Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqatni kamol toptirishda kitobxonlik madaniyatining o‘rni beqiyosligini inobatga olib, “Men ham yoshlarga kitob sovg’a qilaman” mavzusida aksiya o’tkazildi.

Bunda yoshlarimizga ko’rsatilayotgan e’tiborni va yoshlardagi ishonchni uyg’otish maqsadida, motivatsiyalarni berish orqali, tanlanib olingan sevimli kitoblarni ulashganimizda ulardagi hursandchiliklari, ishga bo’lgan salohiyatini yanada oshgani yaqol namoyon bo’ldi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech