Maxsus-taktik o‘quv mashqi bo‘lib o‘tdi

Toshkent viloyati “Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJ XKda "Yong'in xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha "Dolzarb 30 kun" tadbiri doirasida Maxsus-taktik o‘quv mashqi oʻtkazildi. Tadbirni Angren shahar FVB boshligʻi mayor S.Oʻ.Raximbayev oʻchib berdi, soʻngra “Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJ XK Bosh direktor o‘rinbosari Shuxrat Aminov ,Texnika havfsizligi bo‘lim boshlig‘i Ulug‘bek Madaripov, OYoXTTEB boshligʻi A.I.Ismatillayev Soʻzga chiqdi.

O‘quv mashqi g‘oyasiga ko‘ra Rezina qorishmalarini tayyorlash sexida sodir bo‘lgan yong‘inni bartaraf etish, insonlarni xavfsiz joyga evakuatsiya qilish hamda jabrlanganlarga birinchi tez-tibbiy yordam ko‘rsatish ishlari amalga oshirildi.

Tadbirda ichki xodimlarni oquv malakalarini oshirishga qaratilgan chiqishlar ishchi xodimlar tomonidan birlamchi oʻt oʻchirish vositalaridan foydalanish boʻyisha nazariy hamda amaliy ishlar amalga oshirildi. Ishchi xodimlarni favqulodda vaziyat yoki yongʻin sodir boʻlganda qanday evakuatsiya qilish va favqulodda vaziyat yoki yong'in oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan Angren shahar FVB oʻrinbosari kapitan B.Turdaliyev tomonidan keng koʻlamda tushintirish ishlari olib borildi.


Olmaliq shahar otryadi tomonidan bino ichida qolib ketgan (jarohatlangan) ishchi xodimlarni xavfsiz evakuatsiya qilish boyicha ishchi xodimlarga amaliy qutqarish ishlari koʻrsatildi.
Angren shahar tibbiyot boʻlimi tomonidan favqulloda holat yoki yongʻin sodir bolgan fuqarolarga qanday qilib birinchi yordam koʻrsatish boʻyicha ishchi xodimlarga tushuntirish ishlari olib borildi. "Angrenhudud Gaz" tomonidan xodimlarga eslatma va yoʻriqnomalar tarqatildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech