Maqsad sari ildam qadam...
"Birinchi rezinotexnika zavodi" MCHJ respublikada yetakchi ishlab chiqarish korxonalaridan biri sanaladi. Korxona o'zining ishlab chiqarish hajmi va ko'rsatkichlari, imkoniyati nuqtai nazaridan jadal mehnat faoliyatini olib bormoqda.
Joriy yilning o'tgan 6 oyi mobaynida (yanvar-iyun holatiga ko'ra) jami tovar mahsulotlari hajmi 170,7 mlrd so'm (o'sish sur'ati – 419%)ni tashkil etdi. Shundan, avtomobil shinalari 447,7 ming dona (o'sish sur'ati – 574%), qishloq xo'jaligi shinalari 4,35 ming dona hamda konveyer lentalari 22,6 ming p/m (o'sish sur'ati – 139%) va 100 komplekt konveyer tasmalarini ulovchi materiallar ishlab chiqarildi.
Korxonamiz mahsulotlarni sotish ko'rsatkichlari bo'yicha ham ijobiy natijani qo'lga kiritib kelmoqda. Jumladan, yanvar-iyun oylari yakuni bo'yicha Sotuv hajmi 134 mlrd so'm (o'sish sur'ati 373%)ni tashkil etdi. Shundan avtomobil shinalari 413,3 ming dona 105,4 mlrd so'm (o'sish sur'ati 485%), qishloq xo'jaligi shinalari 1,34 ming dona 0,8 mlrd so'm (o'sish sur'ati 273%), konveyer lentalari 10,4 ming p/m 26,3 mlrd so'm va 100 komplekt 1,5 mlrd so'm konveyer tasmalarini ulovchi materiallar sotilgan. 56,17 ming dona 1 547,85 ming AQSh dollari qiymatidagi avtomobil shinalari eksport (o'sish sur'ati – 14 baravar) qilindi. Bundan ko'rinadiki, zavodda yildan-yilga ishlab chiqarish va Sotuv hajmi ortib bormoqda.