Mahalliylashtirish natijasida 0,31 mln dollar iqtisod qilindi
Joriy yilning mos davriga qadar “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJda “Jizzakh Plastmassa” AJ va “Qoʻqon mehanika zavodi” AJlar bilan hamkorlikda 2 turdagi yordamchi materiallar va 7 turdagi butlovchi va ehtiyot qismlar mahalliylashtirildi. Ilmiy texnik kengashda tasdiqlanib ishlab chiqarish jarayonlarida qoʻllashlik uchun ichki xarid boʻlimiga xaridlarni amalga oshirish boʻyicha maʼlumotlar taqdim etildi.
Bundan tashqari yordamchi materiallarni mahalliylashtirish orqali 0,03 mln dollar, butlovchi va ehtiyot qismlarni mahalliylashtirish orqali esa 0,28 mln dollar, jami 0,31 mln dollar valyuta iqtisodiga erishildi.
Shu kunga qadar respublikadagi mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan hamkorlikda sanoat kooperatsiyasi asosida
29 turdagi hom-ashyo va materiallar hamda 23 turdagi butlovchi va ehtiyot qismlarni mahalliylashtirish rejalashtirilgan.
2022-yil yakuniga qadar hom-ashyo va materiallarni mahalliylashtirish natijasida 2,44 mln dollar, butlovchi va ehtiyot qismlarini mahalliylashtirish natijasida 0,17 mln dollar, jami 2,61 mln dollar iqtisod qilinishiga erishilishi kutilmoqda.