Eng yaxshi sarmoya – ilmga tikilgan sarmoya

“Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJning salohiyatli va tajribali kadrlar masalasiga alohida eʼtibor qaratayotgani korxona ish faoliyati sifatining oshishiga olib kelmoqda.

Oʻtgan 2022-yil mobaynida 228 nafar yangi ishchi-xodim ishga qabul qilindi. 

Korxonada bugungi kunda 149 nafar xodim Oliy taʼlim muassasalarida sirtqi boʻlimda tahsil olishmoqda. Shulardan korxona hisobidan taʼlim olayotgan xodimlar soni 44, magistratura bosqichida oʻqiyotganlar esa 2 nafarni tashkil qilmoqda. 1 xodimimiz esa doktorantura bosqichida tahsilni davom ettirmoqda.

Talabalarning korxonamizda amaliyot oʻtashlari hamda tajribali xodimlardan ish malakasini oʻrganishlariga ham alohida eʼtibor qaratilgan. Oʻtgan 12 oy davomida 72 nafar talabalar amaliyot oʻtashdi. Ular “ustoz-shogird” anʼanalari asosida nazariy-amaliy oʻrgangan bilimlarini amaliyotda qoʻllashmoqda. Eng iqtidorli amaliyotchi talabalarni ishga qabul qilish boʻyicha ham manzilli rejalar ishlab chiqilgan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech