"Sportni sev, sport bilan yasha!"
Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan tashabbuslardan biri хotin qizlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasidagi qobiliyatlarining namoyon qilishlari uchun shart-sharoitlar yaratishdan iborat. Shu maqsadda "Birinchi rezinotexnika zavodi" MChJ XKda Kasaba uyushma qo‘mitasi va jamoat tashkilotlari hamkorligida O'zbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 32 yillik bayrami munosabati bilan "Yangi hayot uchun,Yangi O'zbekiston uchun" g'oyasi ostida xotin-qizlar o'rtasida "Sportni sev, sport bilan yasha!" shiori bilan quvnoq startlar sport musobaqasi tashkil etildi. Unda korxonaning seh va bo'limlaridan 5 ta jamoa o'zaro bellashishdi.
- Xotin-qizlar o'rtasida sportni yanada rivojlantirish davlatimiz miqyosida amalga oshirilmoqda, - deydi xotin-qizlar boshlang'ich tashkiloti raisi Oltinoy Sadiqova. – Jumladan ushbu sport musobaqalarini korxonamiz miqyosida muntazam ravishda o'tkazilishi xotin-qizlarimizning sog'lom turmush tarziga rioya qilishlari, bo'sh vaqtlarini unumli va mazmunli tashkil qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ishtirokchilar yugurish, arqonda sakrash, halqa ichida yugurish hamda to'p bilan yugurish kabi shartlar asosida qizg'in va murosasiz bahsga kirishishdi. Jamoalar barcha shartlarda munosib ishtirok etishdi.
Yakuniy natijalarga ko'ra,
- Sifat nazorati bo'limi jamoasi 1-o'rin,
- Konveyer tasmalari ishlab chiqarish sexi 2-o'rin
- Fizika va kimyo laboratoriyasi 3-o'rin
Bir so'z bilan aytganda, tashkil etilgan bu kabi sport musobaqalari ishchi-xodimlarning sportga bo'lgan qiziqishlarini oshirishga xizmat qiladi va sog'lom hayotni targ'ib qilishga muhim ahamiyat kasb qiladi.
Gʻolib va sovrindorlar mustaqillik bayramiga bag’ishlab o’tkaziladigan tadbirda taqdirlanadi.