Laboratoriyada kimyoviy tahlil ishlari olib borilmoqda
Bugungi kunda “Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJning Fizika-mexanika sinov va kimyoviy tahlil laboratoriyasida rezina mahsulotlarining sifatini tekshirish boʻyicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Rezina qorishmalarini tayyorlash sexida ishlab chiqarilayotgan har xil turdagi rezina namunalari sinovdan oʻtkazilmoqda. Rezina qorishmalarining harorat taʼsirida vulqonlanish jarayoni tahlil qilinib, sinovdan oʻtkazilmoqda. Bundan tashqari, har bir rezina turining qovushqoqligi, choʻzilish darajasi, uzilish chegarasi, zichligi, texnik uglerodning rezina qorishmasida aralashganlik darajasi hamda qattiqligi boʻyicha sinov va tahlil amalga oshirilmoqda.
Ayni paytda laboratoriyada mahalliylashtirish dasturiga asosan, Sirdaryo viloyatidan kelgan kukunli oltingugurt hamda “Qayumxoʻja servis” MChJdan keltirilgan dioksid kremniy kimyoviy xom ashyosining tahlillari oʻtkazilmoqda.
Ishlab chiqarishda qoʻllash uchun Tailandning TECK BEE HANG CO LTD kompaniyasidan keltirilgan STR 20 kauchuk xom ashyosi ustida tahlil ishlari olib borilmoqda.