Korxonaning ijobiy imijini yaratishning samarali asoslari
"Farg‘onaazot" AJda bo‘lib o‘tayotgan sayyor seminar-treningda "O‘zkimyosanoat" AJ boshqaruvi raisining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi - matbuot kotibi R.Eshbekov "Matbuot xizmatlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish va kompaniyaning ijobiy imijini shakllantirish" mavzusida seminar-trening va amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.
Unda Jamiyat tizim korxonalarining Matbuot xizmatlari faoliyati tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi va ishlarni samarali yo‘lga qo‘yish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Ishtirokchilarning savollariga atroflicha javob qaytarildi. Ular tomonidan bildirilgan talab va takliflar yuzasidan tegishli to‘xtamga kelindi.