Korxonada yong'in xavfsizligini ta'minlashga doir o'quv mashg’ulot bo'lib o'tdi

Toshkent viloyati “Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJ XKda yong'in xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha "Dolzarb 30 kun" tadbiri doirasida o'quv mashg’ulot oʻtkazildi.

Tadbirdi “Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJ XK OYoXTTEB boshligʻi mayor A.I.Ismatillayev ochib berdi, soʻngra “Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJ XK OYoXTTEB P va NB katta inspektori Sh.N.Toʻychiyev soʻzga chiqdi.

O‘quv mashgʻulotda “Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJ XK sodir bo‘lishi munkin boʻlgan yong‘inni bartaraf etish, insonlarni xavfsiz joylarga evakuatsiya qilish boʻyicha ishchi xodimlarga amaliy hamda nazariy tushinchalar berildi .Tadbirda ichki xodimlarni oquv malakalarini oshirishga qaratilgan chiqishlar ishchi xodimlar tomonidan birlamchi oʻt oʻchirish vositalaridan foydalanish boʻyisha nazariy hamda amaliy ishlar amalga oshirildi. Tadbirda oʻt oʻchirish avtomobili yordamida yongʻinlarni qanday tez fursatda bartaraf etish boʻyicha ishchi xizmatchilarga amaliy ishlar koʻrsatildi. Tadbir soʻngida “Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJ XK OYoXTTEB boshligʻi mayor A.I.Ismatullayev ishchi xizmatchilarni qiziqtirgan savolarga javob berdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech