Korxonada maxsus o'quv mashg'uloti bo'lib o'tdi
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Yong'inlar profilaktikasining samaradorligini oshirish va yong'in xavfsizligi sohasida davlat nazoratini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2023-yil 4-avgustda qabul qilingan 332-sonli qaroriga muvofiq "Yong'indan ogohlik" tadbirini amalga oshirish bo'yicha "Birinchi rezinotexnika zavodi" MChJ XK Kasaba uyushma qo‘mitasi hamkorligida Konveyer tasmalar ishlab chiqarish ishchi xodimlariga maxsus o'quv mashg'uloti o‘tkazildi. Ushbu o‘quv mashg‘ulot davomida O‘zbekiston Respublikasi VM-332 sonli qarori asosida aynan “Yong'inlar profilaktikasining samaradorligini oshirish va yong'in xavfsizligi sohasida davlat nazoratini takomillashtirish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar, ularning ahamiyati, kuzgi va qishki mavsumda ehtiyotkorlik choralari, xavfli vaziyatlarda birinchi yordam kabi tushunchalar borasida davra suhbati ham o‘tkazildi.