Korxonada ayol ishchi-xodimlar oʻrtasida stol tennisi musobaqasi oʻtkazildi

8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan, "Birinchi rezinotexnika zavodi" MCHJ XKda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, qonuniy manfaatlarini himoyalash, qobiliyat va salohiyatini roʻyobga chiqarish maqsadida, ayol ishchi-xodimlar oʻrtasida Stol tennisi musobaqasi tashkil etildi. Unda barcha boʻlim va sexlardan xotin-qizlar ishtirok etib, oʻzaro bellashishdi.

Musobaqa stol tennisi qoidalariga koʻra oʻtkazildi. Qizgʻin va murosasiz kechgan bellashuvda gʻoliblar aniqlandi:

 1 – oʻrin Goʻzal Almatova “BRZ tekstil” MCHJ tikuvchisi

 2 – oʻrin Turgʻunboyeva Dildora “BRZ tekstil” MCHJ tikuvchisi

 3 – oʻrin Rasulova Xurshida Qishloq xoʻjaligi shinalari ishlab chiqarish sexi ishchisi.

Oʻtkazilgan bu kabi sport musobaqalari ayol ishchi-xodimlarning ish samaradorligiga ijobiy taʼsir qilishi bilan ahamiyatlidir.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech