Korxona laboratoriyasida kimyoviy tahlil ishlari olib borilmoqda
Bugungi kunda “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJning Fizika-mexanika sinov va kimyoviy tahlil laboratoriyasida rezina mahsulotlarining sifatini tekshirish boʻyicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Rezina qorishmalarini tayyorlash sexida ishlab chiqarilayotgan har xil turdagi rezina namunalari sinovdan oʻtkazilmoqda. Rezina qorishmalarining harorat taʼsirida vulqonlanish jarayoni tahlil qilinib, sinovdan oʻtkazilmoqda. Bundan tashqari, har bir rezina turining qovushqoqligi, choʻzilish darajasi, uzilish chegarasi, zichligi, texnik uglerodning rezina qorishmasida aralashganlik darajasi hamda qattiqligi boʻyicha sinov va tahlil amalga oshirilmoqda.
Ayni paytda laboratoriyada rezina qorishmalarining tezkor tahlillari olib borilmoqda. Shuningdek, “Soyuztekstil” MChJdan keltirilgan YeE-160, TLK-200, TLK-250, TLK-350, TLK-400, TLK-500 tipidagi texnik matolarning tahlil va sinovlari olib borilmoqda.