Korrupsiyaga yo'q deymiz!

    Yangi O'zbekistonning yangi siyosati jamiyatda adolat va qonun ustuvorligini oliy darajaga ko'tarish, zamonaviy, samarali davlat boshqaruvini joriy etish, davlat hizmatchilarida korrupsiyaviy holatlarning barcha ko'rinishlariga qat'iy chidamsizlik ruhiyatini shakllantirish, xalq manfaatlarini so'zsiz ta'minlash kabi yuksak g'oyalarga tayanmoqda. Avvalo, ushbu islohotlarning tub zamirida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan ustuvor g'oya "Xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak" asosiy tamoyilga muvofiq barcha imkoniyatlar xalqimiz manfaatlari yo'lida safarbar etilishi ustuvor vazifa etib belgilanmoqda.

    "Birinchi rezinotexnika zavodi" MCHJ komplaens xizmati tomonidan 103-sex ishchi-xodimlari ishtirokida korrupsiyaga nisbatan toqatsizlik prinsipini shakllantirish maqsadida "Korrupsiyaga yo'q deymiz!"mavzusida umumprofilaktik tadbir o'tkazildi.

    Tadbir davomida respublikamizda so'nggi yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilingan qonun va qonunosti hujjatlari, korrupsion jinoyatlar va xatti-harakatlar haqida tushuntirishlar berildi. Xususan, jamiyatning "Xizmat odobi kodeksi", "Korrupsiyaga qarshi siyosat", "Manfaatlar to'qnashuvini boshqarish siyosati" kabi ichki me'yoriy hujjatlarda belgilangan me'yorlar, tartiblar haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech