Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik
Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish va bu illatga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.
"Birinchi rezinotexnika zavodi" MChJda ham korrupsiyaga qarshi kurashishda korxona xodimlarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida reja asosida o'qish o'tkazilmoqda.
Joriy yilning 29-mart kuni korxona komplaens xizmati tomonidan korrupsiyaga qarshi o'qish guruhiga "Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik" mavzusida o'qish o'tkazildi.
O'qitish davomida guruh a'zolariga korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro standartlar, qonun va boshqa me'yoriy huquqiy hujjatlar to'g'risida tegishli tushuntirishlar berildi.