Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz

Korxonaning komplaens xizmati tomonidan belgilangan reja asosida korxonadagi bo'lim va sexlarda xodimlarning huquqiy ongini oshirish, korrupsiyaga nisbatan toqatsizlik prinsipini shakllantirish bo'yicha seminar yig'ilish o'tkazilmoqda.

Joriy yilning 20-may kuni korxonaning tijorat ishlari bilan shug'ullanuvchi bo'limlar xodimlari ishtirokida yig'ilish seminar o'tkazildi.

Yig'ilish davomida ishtirokchilarga O'zbekiston Respublikasining 2022-2026-yillarga mo'ljallangan "Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi"ning 84-maqsadida - korrupsiyaga moyil soha va tarmoqlarni aniqlash, korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish tizimining samaradorligini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish belgilanganligi tushuntirildi.

Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi "Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 240-sonli qarori mazmun mohiyatini xodimlarga yetkazildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech