Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi
"Birinchi rezinotexnika zavodi" MChJda komplayens xizmati tomonidan rezina qorishmalarini tayyorlash sexi ishchi-xodimlari ishtirokida "Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.
Tadbir davomida korrupsiyaning salbiy oqibatlari va korrupsiyaga qarshi kurashishda qabul qilingan yangi normativ hujjatlar mazmun-mohiyati tushuntirib o'tildi.
Bir so'z bilan aytganda, korrupsiyaga qarshi kurashishda eng avvalo, davlat organlari va tashkilotlarning faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta'minlash hamda bu borada davlat boshqaruvida samarali va ta'sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarga qonunbuzarlik holatlari yuzasidan korxona komplayens xizmatining ishonch raqamlariga qo'ng'iroq qilishlari mumkinligi eslatib o'tildi.