Koʻrgazma doirasida hamkorlar bilan shartnomalar imzolanmoqda

“OʻzExpoMarkaz” pavilyonlarida oʻtkazilayotgan “Respublikaning barcha tarmoqlari tomonidan 2023-yil uchun buyurtmalar portfelini shakllantirish”ga ixtisoslashgan respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi davom etmoqda. Unda “Oʻzkimyosanoat” AJning tarmoq korxonalari tomonidan 300ga yaqin mahsulotlar namoyish qilinmoqda.

Jumladan “Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJ ham 70dan ortiq avtomobil va qishloq xoʻjaligi shinalari hamda 100dan ziyod konveyer lentalari mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda. Bizning korxona mahsulotlari koʻrgazma ishtirokchilari va hamkor tashkilotlar vakillarida katta qiziqish uygʻotmoqda.

Koʻrgazma doirasida bir qator hamkorlar bilan shartnoma va memorandumlar imzolanib, kelishuvga erishildi

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech