Ko‘rgazma ”BRZ“ uchun samarali bo‘lmoqda

Respublika tarmoqlararo sanoat ko‘rgazmasi davom etmoqda.
Bugun ko‘rgazma doirasida ”Birinchi rezinotexnika zavodi“ MChJ xodimlari bir qator hamkorlar bilan muzokaralar olib borishdi.
”Qo‘qon mexanika zavodi“ MChJ, ”Chilon lubrikants“, ”Texnopark“, ”Olmaliq kon metallurgiya kombinati“, ”Koreys innovatsion texnologiyalar markazi“, ”Nayman mel“ MChJ, ”Apitex“ MChJ kabilar bilan uskunalar va xomashyolar hamda yordamchi materiallar sotuvi va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Bundan tashqari Tojikiston hamda Dubaydan tashrif buyurgan tadbirkorlar va mahalliy dillerlar bilan ham muzokaralar olib borildi. Natijada 2023 yil uchun navbatdagi shartnomalar imzolanib, sotuv hajmi oshishiga erishildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech