“Yil ayoli – 2023” tanlovi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati qaroriga muvofiq Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashi, Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash qo‘mitasi, Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash Davlat maqsadli jamg‘armasi tomonidan “Yil ayoli” ko‘rik-tanlovining Toshkent viloyati bosqichi o‘tkazildi. Toshkent viloyatining 22 shahar va tumanidan 78 nafar ishtirokchi ishtirok etgan tanlovda, “Yil ayoli – o‘z kasbining ustasi” nominatsiyasida qatnashayotgan 15 nafar ishtirokchi orasida “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ XKdan ishtirok etgan Sifat bo'limi muhandisi Muqaddas Amanovna Xudayqulova ikkinchi o‘rinni egalladi.
G‘oliblarga diplom va sovg‘alar topshirildi.