O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan ”Birinchi rezinotexnika zavodi“da «Xon atlas» festivali o'tkazildi!
O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan ”Birinchi rezinotexnika zavodi“da Kasaba uyushma qoʻmitasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining 2024-yil 19 avgustdagi 02-01/1335-sonli xati ijrosini ta’minlash hamda milliy qadriyatlarimizni avaylab asrash, kelajak avlodga munosib yetkazish maqsadida “Xon atlas” festivali o‘tkazildi. Festival ayol-qizlarimizda milliylik, qadriyatlar, urf-odatlarga bo’lgan hurmatni oshirish, milliy matolarimiz, ularning kelib chiqishi haqida tushunchaga ega bo‘lish bilan birga ularga ko’tarinki kayfiyat bag’ishladi. Shuningdek, milliy matolarimiz "Ikon Tyres"dan tashrif buyurgan hamkasblarimizda katta taassurotlar qoldirdi.