O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan "Birinchi rezinotexnika zavodi"da Osh tanlovi o‘tkazildi!

O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan ”Birinchi rezinotexnika zavodi“ MChJda Kasaba uyushma qo'mitasi bilan hamkorlikda "Osh tanlovi" o‘tkazildi.

Korxonaning barcha bo‘lim va ishlab chiqarish sexlari xodimlaridan tarkib topgan 9 jamoa osh pishirish bo‘yicha oshpazlik mahoratlarini namoyish etishdi.

Hakamlar hay’atining yakuniy xulosasiga ko‘ra, Rezinoqorishmalari sexi jamoasi 1-o‘rinni, Materiallar laboratoriyasi jamoasi 2-o‘rinni, Xo'jalik bo'limi jamoasi esa 3-o‘rinni egallashdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech