“Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJ XK 2023-yil sarhisobi
“Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJ XKda 2023-yil davomida Kasaba uyushmasi hamkorligida sport musobaqalari, tanlovlar va “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” shiori ostida tarixiy shaharlarga sayohatlar uyushtirildi.
Korxona ishchi-xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida "Zakovat - intellektual o‘yini", "Kitobxon xodim", "Yilning eng faol yosh kimyogari", “Yil ayoli” hamda boshqa turli tanlovlar o‘tkazildi.
“Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5040-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida “Eng namunali maʻnaviyat xonasi” nominatsiyasi boʻyicha o’tkazilgan tanlovda, 21 ta korxona va tashkilotlar ishtirok etgan tanlovda “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ XK 1-oʻrinni egalladi.
“Oʻzkimyosanoat” AJ va tarmoq korxonalari oʻrtasida o'tkazilgan "Zakovat - intellektual o‘yini"da “Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJ XK faxrli 1-o'rinni egalladi.
“Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ XK faol ishchi-xodimlari, Kasaba uyushmasi faollari, yoshlari, faol ayollari, sport musoboqalari va tanlovlar gʻoliblari uchun 2023-yil 18-19-avgust kunlari tarixiy va navqiron Samarqand hamda 2023-yil 15-sentyabr kuni Toshkent shahriga sayohat tashkil etildi.
“Birinchi rezinotexnika zavodi “MCHJ XK Kasaba uyushma qo‘mitasi hamkorligida korxonada ish faoliyatini olib borayotgan ishchi-xodimlarning farzandlaridan 22 nafari 2023-yil 19-avgustdan — 31-avgustga qadar Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani “Afsona” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohiga yuborildi.
2023-yil 19-oktyabr kuni “O‘zkimyosanoat“ AJ tarmoq korxonalari va tashkilotlari xodimlari o‘rtasida “O‘zkimyosanoat“ AJda 21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami munosabati bilan o‘tkazilgan "KITOBXON XODIM — 2023" ko‘rik-tanlovining respublika bosqichidа “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ XK xodimi Sadikova Oltinoy 3-o‘rinni egalladi.
2023-yil 21-noyabrda “O‘zkimyosanoat” AJ hamda Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi bilan hamkorlikda “Ammofos-Maxam” AJda “Yilning eng faol yosh kimyogari” ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichida “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ XK Innovatsion texnologiyalarni joriy etish va xom-ashyo materiallarini mahalliylashtirish bo‘limi boshlig‘i Bozorov Axror Turayevich –“Yilning eng faol yosh kimyogari” deb topilib, 1- o‘rinni egalladi.
2023- yil 28-noyabr Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashi, Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash qo‘mitasi tomonidan “Yil ayoli” ko‘rik-tanlovining Toshkent viloyati bosqichi o‘tkazildi. Toshkent viloyatining 22 shahar va tumanidan 78 nafar ishtirokchi ishtirok etgan tanlovda “Yil ayoli – o‘z kasbining ustasi” nominatsiyasida “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ XKdan ishtirok etgan Sifat bo'limi muhandisi Muqaddas Amanovna Xudayqulova 2-o‘rinni egalladi.
Korxona yoshlarini sportga keng jalb qilish maqsadida, yoshlar o‘rtasida mini futbol, volleybol, stol tennisi, armrestling, shaxmat, shashka musobaqalari o‘tkazildi.