Hech kim eʼtibordan chetda emas!
Xalqimizga xos insoniylik, saxovatpeshalik va bagʻrikenglik namunasi boʻlgan 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ Kasaba uyushma qoʻmitasi tomonidan oʻtkazilgan tadbirda Angren shahar 9-sonli imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan yordamchi maktabda tarbiyalanayotgan bolalar holidan xabar olindi va sovgʻalar ulashildi.
Kasaba uyushma qoʻmitasi raisi Diyor Alimov yurtimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogiron va keksa avlod vakillari va imkoniyati cheklangan bolalarga koʻrsatilayotgan bemisl gʻamxoʻrlik haqida soʻzladi.
Tadbir davomida maktab oʻquvchilariga kutubxona fondi uchun kerakli kitoblar taqdim etildi.