Germaniya Federativ Respublikasining "Berlin Economics" kompaniyasi delegatsiyasi "Birinchi Rezinotexnika zavodi" MChJda
Germaniya Federativ Respublikasining "Berlin Economics" vakillari yurtimizdagi ishlab chiqarish korxonalariga tashrifi dastavval Toshkent shahri, Andijon, Jizzax va Toshkent viloyatlariga bo'ldi.
20-iyun kuni Germaniya Federativ Respublikasining "Berlin Economics" kompaniyasi konsultanti Voldemar Valterni "Birinchi rezinotexnika zavodi" MCHJ bosh direktori G'.I.Ibragimov, bosh direktorning Iqtisod va moliya bo'yicha birinchi o'rinbosari O'.D.Karimov, bosh direktorning Sanoat kooperatsiyasini mahalliylashtirish va kengaytirish bo'yicha o'rinbosari Sh.S.Aminovlar kutib oldi.
Mehmonlar avtosanoat klasterini yurtimizning ayrim viloyatlarida yaratish taklifini ilgari surishdi, shu asnoda ushbu yo'nalish bo'yicha qo'shimcha kelishuvga erishildi.
Uchrashuv yakunida kompaniya bilan ikki tomonlama sheriklik munosabatlarini rivojlantirish bo'yicha amaliy ishlarni bajarishga kelishildi.