“Eng zoʻr maʼnaviyat burchagi” aniqlandi
“Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJda maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tizimli tashkil etish, bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish, ishchi-xodimlarning intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirish, jamiyatda mafkuraviy immunitetni mustahkamlash hamda ishlab chiqarish sexlari va boʻlimlarda kirill yozuvida boʻlgan barcha hujjatlarni va eʼlon taxtachalardagi yozuvlarni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga oʻtkazish maqsadida “Eng zoʻr maʼnaviyat burchagi va davlat tilida, imloviy va uslubiy xatolarsiz ish yuritish” tanlovi tashkil etildi. Bunda korxonaning 10 ta boʻlim va sexlaridan iborat xodimlar jamoasi oʻz maʼnaviyat burchaklarini taqdim etishdi.
Hakamlar hayʼatining yakuniy xulosasiga koʻra 1-oʻrinni Sifat nazorati boʻlimi, 2-oʻrinni esa Fizika-mexanika sinov va kimyoviy tahlil laboratoriyasi egallashdi.