Eng yaxshi sarmoya – ilmga tikilgan sarmoya
Bugungi kunda respublikada yetakchi korxonalardan biri sanalgan "Birinchi rezinotexnika zavodi" MChJning salohiyatli va tajribali kadrlar masalasiga alohida e'tibor qaratayotgani korxona ish faoliyati sifatining oshishiga olib kelmoqda.
Hozirda jami 1 ming 53 nafar xodim korxonada faoliyat yuritmoqda. O'tgan 6 oy mobaynida 147 nafar yangi ishchi-xodim ishga qabul qilindi.
Oylik maoshi o'tgan 6 oy davomida 23,2% ga oshirildi. Bu esa o'z navbatida xodimlarning yanada ishtiyoq va intilish bilan ishlashlariga sabab bo'lmoqda.
Korxonada bugungi kunda 98 nafar xodim Oliy ta'lim muassasalarida sirtqi bo'limda tahsil olishmoqda. Shulardan korxona hisobidan ta'lim olayotgan xodimlar soni 15, magistratura bosqichida o'qiyotganlar esa 2 nafarni tashkil qilmoqda. 1 xodimimiz esa doktorantura bosqichida tahsilni davom ettirmoqda.
Talabalarning korxonamizda amaliyot o'tashlari hamda tajribali xodimlardan ish malakasini o'rganishlariga ham alohida e'tibor qaratilgan. Bugungi kunda korxonamizda 12 nafar talabalar (6 oy mobaynida 51 nafar talaba amaliyot o'tashdi) amaliyot o'tashmoqda. Ular "ustoz-shogird" an'analari asosida nazariy o'rgangan bilimlarini amaliyotda qo'llashmoqda. Eng iqtidorli amaliyotchi talabalarni ishga qabul qilish bo'yicha ham manzilli rejalar ishlab chiqilgan.