“Eng faol innovator ayol” tanlovi o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamiyatda xotin-qizlarning faolligini yanada oshirishga qaratilgan PQ-5020-son hamda PF-208-sonli Qaror va Farmonlarining ijrosini ta’minlash maqsadida “Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJ XKda Kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamkorligida faol ayol xodimlar ishtirokida “Eng faol innovator ayol” tanlovi o‘tkazildi.
Korxona xodimlari tomonidan ko‘rsatilgan loyihalar dolzarbligi, muhimligi, ishlab chiqarish jarayonida koxona iqtisodiy o‘sishiga hissa qo‘shuvchi ijobiy ishlar munosib baholandi.
Taqdim etilgan innovatsion loyihalar ichidan Sifat va texnologiyalar bo‘limi sifat nazorati muhandisi Ergasheva Holbu Nurmamatovnaning loyihalari munosib deb topilib, tanlovning Respublika bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanma berildi.